Sayt test rejimida ishga tushirildi

Filial tarixi

RIKMIATM Xorazm filiali 1957 yilda viloyat “Traxomatoz dispanseri”

nomi bilan faoliyatini boshlagan. Shu davrdan filialni bir necha bilimli, o‘z 

ishining ustasi bo‘lgan oftalmolog shifokorlar boshchiligida viloyatda 

oftalmologiyani rivojlantirish va bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish

bo’yicha namunali ishlar olib borilgan.

Niyazmetov Otoboy Niyazmetovich

1957-1975 y.

Viloyat traxomatoz dispanseri

bosh shifokori

Ibragimov Rustam Nazarovich

1975y1998 y.

Viloyat ko‘z kasalliklar shifoxonasi 

bosh shifokori

Yuldasheva Dilbar Jumanazarovna

19982005 y.

Viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi 

bosh shifokori.

Nurullayev Bakbergan Madrimovich 

2005-2007 y.

2007-2015 y 

Viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi 

bosh shifokori

RIKMIATM Xorazm filiali raxbari bo‘lib faoliyat yuritganlar

Ibragimov Shuxrat Rustamovich 

2015-2023y

RIKMIATM Xorazm filiali

 

Xozirgi davrda t.f.n. Sultonova Fazilat Aminboyevna boshchiligida markazimizshifokorlari viloyatimiz va qo‘shni 

Qoraqolpog‘iston Respublikasi axolisiga 

malakali tibbiy oftalmologik yordam ko‘rsatib kelmokdalar.
Markaz maslaxat poliklinika va statsionar bo‘limlaridan iborat. Maslaxat 

poliklinika bo‘limi kunlik 100 dan ziyod bemorlarni qabul qilishga va 

statsionar bo‘lim 50 ta o‘ringa moslashgan.

Markazimizda 20 dan ziyod malakali oftalmolog, shuningdek anesteziolog reanimatolog shifokorlar faoliyat yuritmoqdalar.
Markazimiz yeng oxirgi rusumdagi tibbiy oftalmologik asbob-uskunalar bilan

jixozlangan. Jumladan ultratovush A-V skan, ultrabiomikroskopiya, kompyuter

perimetriya, optik kogerent tomografiya tekshirish usullari bemorlarga aniq 

tashxis ko‘yishga va lozim bo‘lgan davo muolajalarini qo‘llashga asosiy 

ko‘makchi xisoblanadi.

Markazda zamonaviy jarroxlik amaliyotlari bilan birga lazer jarrolik 

amaliyotlari yo‘lga qo‘yilgan. Xozirda lazer jarrohligi miopiya, glaukoma, 

ikkilamchi katarakta to‘r parda kasalliklarida, diabetik retinopatiyada qo‘llash 

oltin standart xisoblanadi.

Kontaktlar