Sayt test rejimida ishga tushirildi

RIKMIATM ning malakali jarroh D.Abdinabiyevich va vitreoretinal jarroh M.Rajabova RIKMIATM XF ga tashrifi

Yangiliklar / 2024-07-01/ 174 RIKMIATM ning malakali jarroh D.Abdinabiyevich va vitreoretinal jarroh M.Rajabova RIKMIATM XF ga tashrifi

Davlatimiz rahbarning ixtisoslashgan tibbiy xizmatlarni axoliga yaqinlashtirishga doir topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida RIKMIАTM ning malakali ko'z jarrohlari RIKMIАTM Xorazm filialimizda bemorlarni qabul qilib, murakkab texnologik jarrohlik amaliyotlarini o'tkazdilar. Xususan malakali jarrohimiz Abdinazarov Dilshod Abdinabiyevich be'morlarimizda bajargan jarrohlik amaliyotda keyin be'morlarimizning ko'rish qobiliyati tiklandi va yagona ko'zini asrab qolishga muofaq bo'ldik, shuningdek malakali vitreoretinal jarroh Rajabova Mahbuba Shamsiddin qizi to'r parda ko'chishi va undagi turli xil murakkab muammolari bo'yicha kerakli maslaxat va ko'rsatmalarini berdilar. Bunday mutaxassislarimizning markazimizga tashrif buyurishlari bemorlar ko'rish qobiliyatini tiklanishiga, og'irini yengil qilishga, shuningdek ularning Toshkent shahriga borish kelish sarf xarajatlarini va vaqtini tejashiga yordam beradi. Bunday tibbiy xizmatlardan mamnun bo'lgan be'morlarimiz o'z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Telegram : t.me/RIKMIATM_XF (https://t.me/RIKMIATM_XF)
Facebook : https://www.facebook.com/groups/265492196498981
Instagram : https://www.instagram.com/rikmiatm_xf/


Kontaktlar