Sayt test rejimida ishga tushirildi

Bugungi kunimizni ham ko'tarinki kayfiyat bilan bemorlarni ko'rikdan o'tkazish bilan boshladik.

Yangiliklar / 2024-03-02/ 93 Bugungi kunimizni ham ko'tarinki kayfiyat bilan bemorlarni ko'rikdan o'tkazish bilan boshladik.

Bugungi kunimizni ham ko'tarinki kayfiyat bilan bemorlarni ko'rikdan o'tkazish bilan boshladik. Biz uchun barcha bemorlarga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko'rsatish juda muhim vazifalardan xisoblanadi. Bugun sizlarga Oftalmologiyadagi innovatsion yuqori texnologik diagnostik tekshirish usuli Optik kogerent tomografiya haqida ma'lumot berib o'tamiz. Optik kogerent tomografiya- ko'z strukturalarini nur yordamida skanerlashga aytiladi, xalq tili bilan aytganda ko'zning MRTisi. Ushbu apparat yordamida to'r parda kasallilariga va ko'ruv nervi diski va shox parda kasalliklariga tashxis qo'yishda foydalaniladi. Ushbu diagnostik metod yordamida kasalliklarga erta tashxis qo'yish va uning rivojlanishiga qarshi davo choralari ko'rish mumkin. Ibn Sino bobomiz aytganlaridek to'gri tashxis 90 foiz to'g'ri davoni ta'minlaydi. Bizning filialimizda Optik kogerent tomografiya ko`rikini birinchi toifali vrach oftalmolog Zuhra Bekturdiyevna olib boradi.


Kontaktlar